O‘zbekistonda deyarli 10 ming dollargacha pulni pasportsiz almashtirish mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayirboshlash shoxobchalarida jismoniy shaxslardan sotish olishda pasport talab qilinuvchi miqdor besh barobarga oshirildi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekistonda pul ayirboshlash shoxobchalarida jismoniy shaxslardan pasport talab qilmasdan naqd puldagi xorijiy valyutani sotib olish hajmi oshirildi. Bu haqda qator banklardan "Gazeta.uz"ga ma’lum qilindi.

Seshanba kuni ayirboshlash shoxobchalarida yangicha tartibda xorijiy valyutani sotish olishda pasport talab qilinuvchi meyor eng kam oylik ish haqining 100 barobari (deyarli 15 mln so‘m yoki davlat kursi 8000:1 bo‘yicha 1873 AQSh dollari) miqdorida belgilangan bo‘lsa, chorshanba kuni bu miqdor besh baravarga oshdi — deyarli 75 mln so‘m yoki 9360 dollar (EKOIHning 500 barobarigacha).

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Banklarda dollar almashtirgan fuqarolarga 50 mingtalik pullar berildi

FATF (noqonuniy pullarni "yuvish"ga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi) tavsiyasiga binoan banklar jumladan naqd puldagi chakana operatsiyalar miqdori 15 ming dollardan oshgan taqdirda mijozlarni tekshirish uchun choralarni amalga oshirishi lozim. O‘zbekistonda endilikda ushbu chegara 9000 dollardan ziyodroqni tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarga hozircha konversion kartalar orqali xorijiy valyutani sotishdagi chegara esa bir chorak uchun 5000 dollar etib belgilangan (avvalgi chegara 2000 dollar edi).

2 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Ushbu farmon bilan jismoniy va yuridik shaxslarga xorijiy valyutalarni sotish va ulardan sotib olishdagi uzoq yillik cheklovlar bekor qilindi. Valyuta kursini belgilashda bozor mexanizmlaridan foydalanilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0