TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Ulan-Ude tuman sudi uy hayvonlarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarolarining hibsga olish jarayonini 3-noyabrga qadar uzaytirdi, deb xabar qildi sud matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, ayblanuvchilar 2017-yilning mart oyidan may oyiga qadar Ulan-Ude va Buratiya hududida qo‘y va yirik shoxli jonivorlarni o‘g‘irlash ishlari bilan shug‘ullanganlar.
Xabarga ko‘ra, ayblanayotgan o‘zbekistonliklar shu turdagi jinoyatlarni sodir etganliklari uchun muqaddam sudlangan, hech qayerda ishlamasliklari qo‘shimcha qilingan.
"Aybdolar ozodlikda yursa, tergov va suddan yashirinishlari o‘z jinoiy faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin", — deyiladi sud matbuot-xizmati xabarida.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining ikki nafari Rossiya hududida qonunga zid ravishda yashab yurganliklari aniqlangan. "Vaqtincha yashashga ruxsatnoma muddati 2013 va 2015-yillardayoq tugab ketgan, deyiladi xabarda.
Ayblanuvchilar 200 ming rubl miqdorida jarimaga tortilishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.
Birinchi instansiya sudi farmoyishi kuchga kirmagan, ayblanuvchilar appelyatsiya berishgani xabar qilinmoqda.