TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati Manmadagi musulmonlar holati bo‘yicha jiddiy xavotir izhor qildi va inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga chorladi, deb xabar qildi RIA Novosti Qirg‘iziston TIVga tayangan holda.
O‘tgan hafta davomida Myanma hukumat kuchlari va roxinya musulmon jangarilari bilan bo‘lgan bo‘lgan to‘qnashuvlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.
Qirg‘iziston TIVning bayonotida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti ustavlariga amal qilgan holda, Manmada musulmonlar bilan bog‘liq vaziyat Qirg‘iziston Respublikasini jiddiy tashvishga solayotgani va ushbu nizo faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligi bayon etilgan.
Kecha Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov, terrorchilik va ommaviy tartibsizliklar xavfini oldini olish maqsadida 5-sentabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qirg‘iziston — Myanma terma jamoalari o‘yini bekor qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Roxinya musulmonlari — 19-asrning oxirida Britaniya kolonistlari tomonidan Bangladeshdan Manmaga ko‘chirib o‘tkazilgan. Oradan shuncha vaqt o‘tishi va rohinyalarning soni 1,5 million kishiga yetgan bo‘lishiga qaramasdan mahalliy butparast aholi ularni noqonuniy migrantlar deb hisoblaydi. Rohinyalarning aksariyatida Manma fuqaroligi ham yo‘q.