TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 5-sentabrdan dollarning rasmiy kursini bir dollar uchun 8100 so‘m miqdorida belgiladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
O‘tgan haftada MB ma’lumotlari bo‘yicha bir dollar qiymati 4210,35 tiyinni tashkil qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan dam olish kunlarida valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonni imzolagan edi.
Hujjatga muvofiq endilikda jismoniy shaxslarga chet el valyutasini olish va sotish tartiblari soddalashtirilishi nazarda tutilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu kechayu-kunduzda Samarqand viloyatidagi "qora bozor"larda dollar kursi 7,3-7,5 ming so‘mni, Toshkent viloyatida esa 7,7-7,8 ming so‘mni tashkil qilgan.