GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxini oshirmaydi

© Novosti UzbekistanaGM Uzbekistan avtomobillari qay tarzda ishlab chiqariladi
GM Uzbekistan avtomobillari qay tarzda ishlab chiqariladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil narxlari mamlakatda chet el valyutasining erkin konvertatsiyasiga doir qonun qabul qilingan vaqtda qanday bo‘lgan bo‘lsa, xuddi o‘sha miqdorda saqlab qolinishi ma’lum qilinmoqda

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi so‘m devalvatsiyasidan so‘ng o‘z avtomobillarini narxini oshirmasligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri avtoishlabchiaaruvchi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan: mashina sotuvi haqidagi har bir murojaat qat’iy nazoratda
"2017 yil 5-sentabrga qadar avtomobillar uchun to‘lov va yetkazib berish shartnomalarda ko‘rsatilgan talablar, narx va muddat bo‘yicha qat’iy amalga oshiriladi", — deyiladi kompaniya xabarida.

Shu bilan birga avtomobillar chakana narxi yuridik va jismoniy shaxslar uchun mamlakatda erkin konvertatsiya chora-tadbirlari joriy qilingan kungacha qanday bo‘lgan bo‘lsa o‘sha darajada saqlab qolinadi.

Shuningdek, 2017-yil 5-sentabrdan boshlab GM Uzbekistan mahsulotlari faqatgina milliy valyuta — so‘mda baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan dam olish kunlarida valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonni imzolagan edi. Hujjatga muvofiq endilikda jismoniy shaxslarga chet el valyutasini olish va sotish tartiblari soddalashtirilishi nazarda tutilgandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Markaziy banki bir dollar qiymatini 8100 so‘m etib belgiladi. O‘tgan haftada MB ma’lumtlari bo‘yicha bir dollar bahosi 4210 so‘m 35 tiyinni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0