TOShKENT, 5 sen Sputnik. Milliy terma jamoa Bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning iste’fo haqidagi savoliga javob berar ekan "Mening iste’foga chiqishimni Federatsiya hal qiladi". Bu haqda "O‘zbekiston 24" nashri xabar tarqatmoqda.
Xabarda aytilishicha, "Bunyodkor" stadionining anjumanlar zalida O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘yini oldidan matbuot anjumanida dastlab jurnalistlar savollariga bosh murabbiy Samvel Babayan va futbolchi Jaloliddin Masharipov javob bergan.
OAV xodimlari tomonidan yo‘llangan iste’fo haqidagi savolga murabbiy quyidagicha javob bergan:
"Menga bu savolni juda ko‘p berishdi. Yana qaytarib aytaman, mening qachon iste’foga chiqishimni O‘zbekiston futbol federatsiyasi hal qiladi. Rahbariyatning har bir qarorini shu zahotiyoq bajarishga tayyorman".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mag‘lubiyatga yuz tutgudek bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Samvel Babayanga qarshi aksiyalar uyushtirishni boshlaydilar.
Shunday norozilik aksiyalaridan biri Lachetti rusumidagi avtomobilga Babayanni ketishini so‘rab bitilgan bannerda ham aks etgan.
Muxlis Babayanga o‘z gaplarini mashinasiga yopishtirilgan bannerlari orqali izhor etgan va uni
heshtegi bilan tugatgan.Babayanning ketishini qo‘llab-quvvatlaganlar orasida "ket" talabini she’riy tarzda ifodalagan futbol muxlislari soni ham talaygina.