TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Farmonga asosan 94 kishi fuqarolikka qabul qilingan.
"O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi, millati, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati hamda siyosiy va boshqa e’tiqodidan qat’iy nazar, «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa hayotiy sharoitlarga ko‘ra mamlakat tashqarisida bo‘lgan mahalliy aholi, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tug‘ilib-o‘sib, O‘zbekistonni o‘z Vatani sifatida dildan tan olgan, uning taraqqiy etishi va gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo‘shganlar qabul qilinishi mumkin", — deyiladi farmonda.
Eslatib o‘tamiz, bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risidagi ikkinchi hujjatdir. 2016-yilning dekabr oyi oxirida Mirziyoyev 179 nafar kishiga fuqarolikni taqdim etgan edi.