TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston MTRK Media-markazi binosida "Match TV" telekanali sharhlovchisi Konstantin Genich, "Sport" va "O‘zbekiston24" telekanallari xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar bermoqda.
Uchrashuvda o‘zbek va rus sharhlovchilari o‘zaro tajriba va malaka almashishdi.
— Agar bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, 2018-yilgi mundialda Vataningiz termasi ishtirokidagi o‘yinlarni o‘zim sharhlashni rahbariyatdan so‘rayman, — dedi Genich.
Genich O‘zbekiston terma jamoasiga JCh-2018 saralashidagi so‘nggi o‘yinda omad tiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvini Konstantin Genich sharhlab boradi. Genich kecha oqshom Toshkentga yetib kelgan.