Oleg Dmitriyev: Koreyaliklarni yutish uchun katta tezlikda o‘ynash kerak

© SputnikOleg Dmitriyev
Oleg Dmitriyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi uchun JChga chiqishga yagona imkoniyat qoldi – Janubiy Koreyani yengish.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. MGIMO o‘qituvchisi, jurnalist va futbol ishqibozi Oleg Dmitriyev bugungi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirdi.

Biz terma jamoalar uchrashuvlari tarixiga nazar solsak, Janubiy Koreya jamoasi ko‘p hollarda  O‘zbekiston uchun JChga chiqishga to‘siq bo‘lgan. Buning sababi nimada?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Babayan "Qachon iste’foga chiqasiz" degan savolga ochiq javob berdi

Men bir necha o‘yinlarni tahlil qilib chiqdim va buning sababi koreyaliklarning ratsional, ya’ni his tuyg‘uga berilmasdan, mulohazakorlik bilan o‘ynashiga  va sharqona (qattiqqo‘l) tartib intizomida, deb o‘ylayman. Oldingi o‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasi uchun koreyaliklarning mana shu ikki xislatga qarshi javob topishi qiyn bo‘lgan.

Bugungi o‘yin haqida gapirsak, yo‘qotadigan boshqa hech narsa qolmadi, bu O‘zbekiston jamoasi uchun oxirgi imkoniyat. Tashkilotchilik, jamoa ruhi, yakdillik, tezlik  va yana bir marta tezlik. Bu o‘yinda mana shu narsa O‘zbekiston jamoasiga yordam berishi mumkin.

Koreya jamoasi haqida gapirganda, tarkibida Angliyaning Tottenxem va Suonsi jamoalari o‘yinchilari bo‘lishiga qarmasdan, oxirgi vaqtlarda jamoa avvalgiga qaraganda ancha sust o‘yin ko‘rsatmoqda.

Shuning uchun, koreyaliklarni yutish mumkin deb o‘ylayman, faqat buning uchun katta tezlikda o‘ynash kerak.  

O‘zbekiston jamoasiga aynan shu narsani – “bebosh” sur’atda o‘yin ko‘rsatishni tilab qolaman. Muxlislarga esa – ovozi xirrillab qolguncha baqirishni tilayman.

Oldin “Olti ochkolik o‘yin” degan ibora bo‘lardi. Bugungi o‘yin O‘zbekiston uchun ham Koreya uchun ham aynan shunaqa — “Olti ochkolik o‘yin” bo‘ladi. Koreyaliklarga ham g‘alaba kerak, ular ham jon hajdi bilan harakat qiladi.

Dmitriyev: igra s koreysami budet "za shest ochkov"
Yangiliklar lentasi
0