AQSh havo harbiy kuchlari yadroviy bombani sinovdan o‘tkazdi

© Commons.wikimediaModifikatsiya atomnoy bombi B61-12
Modifikatsiya atomnoy bombi B61-12 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy boshqarmasi va Havo harbiy kuchlari hamkorlikda Nevada shtatidagi Tonopa poligonida jangovar zaradsiz bombani sinovdan o‘tkazdilar

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. AQShda B61 takomillashtirilgan yadroviy bomba sinovdan o‘tkazildi, deb xabar qildi RIA Novosti AQSh energetika vazirligi milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasi ma’lumotlariga tayangan holda.

Bombardirovshik VVS SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yangi yadroviy qanotli raketani yaratish bo‘yicha ish boshladi

B61-12 rusumli bomba yadroviy jangovar qismlar bilan jihozlanmagan. Bomba F-15E qiruvchi samolyotidan tashlangan. Sinov jarayonida bombaning yadrosiz funksiyalari va samolyotning bombani yetkazish imkoniyatlari batafsil o‘rganib chiqilgan.

Bu kabi sinovlar ilk bor mart oyida Nevada shtatidagi Nellis poligonida o‘tkazilgan edi. O‘shanda bomba F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotidan tashlab yuborilgan.

AQSh milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, B61 birinchi bombani takomillashtirish jarayoni 2020-yil mart oyigacha davom etadi.

B61 bombasi AQShning yadroviy strategik kuchlarining asosiy yadroviy quroli hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0