TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Mirobod tumanidagi fohishaxona fosh qilindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
"2017 yilning 8-iyun kuni taxminan soat 00.30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qodirjon Amanov Mirobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 70.000 so‘m pul evaziga fuqarolar «S» va «O»larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.
Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy harakterga ega, deb eslatma berilgan xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.