Farg‘onada niqob taqqan jinoiy guruh qo‘lga olindi

© AP PhotoO‘zbek militsiyasi patrul mashinasi
O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Niqob taqqan jinoyatchilar Farg‘onadagi uylarning biriga o‘g‘irlikka tushadilar. Uyg‘onib qolgan uy egasining yuziga urib, tan jarohati yetkazib, xonadagi sandiq ichidan 10 mln. so‘m pul va 1,5 ming so‘mlik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati Farg‘onada niqob kiygan va pichoq bilan qurollanib olgan jinoiy guruh ushlangani haqida xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 29-avgust kuni tunda, soat to‘rt yarimlar atrofida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida uch nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan va pichoq bilan qurollangan holda, Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga devor orqali oshib tushib, xonadon egasi G‘.Yu. va uning turmush o‘rtog‘i S.Yu.lar uxlab yotgan xonaga bostirib kiradilar.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik ortganligi uchun rahbarlarga tanbeh berdi
Uy egalari uyg‘onib qolganlarida, G‘.Yu.ni yuziga urib, tan jarohati yetkazadilar. S.Yu.ni va ushbu xonadonda birga yashovchi qizi M.Yu.ni qo‘l-oyoqlarini o‘zlari bilan olib kelgan arqon bilan bog‘lab, xonadagi sandiq ichidan 10 mln. so‘m pul va 1,5 ming so‘mlik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Yozyovon tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan V.Q., Marg‘ilon shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan H.Yu. va Farg‘ona shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan R.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, jinoiy guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindilar. Hattoki, ushbu jinoiy guruhning a’zolaridan biri ayol kishi bo‘lgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi, ya’ni bosqinchilik jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0