TOShKENT, 4 sen –Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri qaroriga ko‘ra Qirg‘iziston – Myanma terma jamoalari o‘yinini bekor qilindi, «Sport AKIpress» xabariga asosan.
“2019 yilgi Osiyo Kubogi saralovchi bosqichida belgilangan Qirg‘iziston – Myanma o‘yini – bekor qilindi”, — dedi Semetey Sultanov, Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi prezidenti.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qaror bosh vazir Sapar Isakov tomonidan, huquqni saqlash organlaridan olingan ma’lumotlarga asosan qabul qilingan. Organlar Bosh vazirga terroristik hujum, millatlararo nizo va ommaviy tartibsizliklar ro‘y berish xavfi haqida xabar bergan.
Ushbu o‘yinga sotilgan biletlar qaytarib beriladi. Qirg‘iziston jamoasiga texnik mag‘lubiyat, yoki boshqa chora qo‘llashni Osiyo futbol federatsiyasi hal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda dunyoning barcha OAVlari Manma hukumati mamlakat g‘arbida yashayotgan rohinya musulmonlariga qarshi qattiqqo‘l harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Uning natijasida o‘tgan haftala 400ga yaqin kishi qurbon bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan butun dunyo musulmon mamlakatlari Manma rahbariyatiga o‘z e’tirozlarini bildirmoqda. Yakshanba kuni Moskvadagi Manma elchixonasi oldiga yuzlab musulmonlar norozilik namoyishiga chiqqanini xabar bergan edik.