TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Bugun Gamburgda davom etayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Ular quyidagilardir:
Hasanboy Do‘smatov. 1993-yilda Andijonda tug‘ilgan.O‘tgan yili o‘z vazn toifasida jahonning eng yaxshi bokschisi deb topilgan. 49 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladi.
Jasurbek Latipov. 1991-yilda Andijonda tug‘ilgan. Bugun u 52 kg vaznda ringga chiqadi.
Iqboljon Xoldorov. 1997-yilda Andijonda tug‘ilgan. Iqboljon 64 kg vaznda ringga ko‘tariladi.
Shahram G‘iyosov. 1993-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 69 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatlarida shu kungacha O‘zbekiston sharafini himoya qilgan to‘rt nafar bokschi jami 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Ular:
Ruslan Chagayev. 1978-yilda Andijonda tug‘ilgan. Havaskor boksda 2 bor 91 kg vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan (Budapesht — 1997, Belfast —2001).
O‘tkirbek Haydarov. 1974-yilda Andijonda tug‘ilgan. 75 kg vazn toifasida jahon chempioni (Xyuston — 1999).
Muhammadqodir Abdullayev. 1973-yilda Andijonda tug‘ilgan. 63,5 kg vazn toifasida jahon chempioni (Xyuston — 1999).
Abbosbek Atoyev. 1986-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 81 kg va 75 kg vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan (Chikago — 2007, Milan — 2009).
Qizig‘i, o‘tgan davrda chempion bo‘lganlarning uch nafari Andijon, bir nafari Buxorodan. Bugun chempionlik uchun kurash olib boradigan bokschilarning ham uch nafari Andijondan, bir nafari Buxorodan.
O‘zbekistonlik bokschilar bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlab ringga chiqadilar.