TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Bir ozdan so‘ng boks bo‘yicha Gamburgda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida chorak final janglari bo‘lib o‘tadi.
Ahamiyatlisi, o‘zbekistonlik 9 nafar bokschi chorak finalga chiqqan. Bu jahon chempionatida ishtirok etayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
O‘zbekistondan keyingi pog‘onalarni Kuba (8 nafar bokschi) va Qozog‘iston (7 nafar bokschi) egallab turibdi.
Chorak finalda o‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi quyidagi janglar bo‘lib o‘tadi:
Hasanboy Do‘smatov — Amit (Hindiston) (49 kg)
Jasurbek Latipov — Seiber Segura (Kolumbiya) (52 kg)
Elnur Abduraimov — Otar Yeranosan (Gruziya) (60 kg)
Iqboljon Xoldorov — Artom Xarutanyan (Germaniya) (64 kg)
Shahram G‘iyosov — Pat MakKormak (Angliya) (69 kg)
Isroil Madrimov — Troy Isli (AQSh) (75 kg)
Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) (81 kg)
Sanjar Tursunov — Roy Korving (Gollandiya) (91 kg)
Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozog‘iston) (+91 kg).