Siyosatshunos O‘zbekistonda Islom Karimovsiz o‘tgan bir yil haqida

© Sputnik / Vadim ShekunPisatel i publitsist Armen Gasparan
Pisatel i publitsist Armen Gasparan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov davri - u rahbarlik qilgan chorak asr - ko‘plab sinovlar davri bo‘ldi, u O‘zbekiston davlatchiligiga asos soldi, deb hisoblaydi siyosatshunos Armen Gasparan

Siyosatshunos Armen Gasparan va Sputnik O‘zbekiston muxbiri Anton Kurilkin Islom Karimovsiz o‘tgan bir yil va respublikaning bugungi hukumati qaysi yo‘ldan borishi mumkinligi haqida suhbat qurishdi.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘tgan yili aksariyat siyosatchilar O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi tekis kechmasligi, ichki siyosiy kelishmovchiliklar oqibatida siyosiy inqiroz yuz berishidan xavotirlanishgan. Lekin respublikada bunday holatga yo‘l qo‘yilmadi, deydi siyosatshunos.

Sveti u posolstva Uzbekistana v Moskve, v svazi s konchinoy prezidenta respubliki Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Bugun O‘zbekistonda Islom Karimovni xotirlash kuni o‘tkazilmoqda

Gasparanning fikricha, vaziyatni izdan chiqarishni istovchilar uchun O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lida joylashgan eng "yog‘li o‘lja" hisoblanadi. Uning aytishicha, bu yerda vaziyat izdan chiqadigan bo‘lsa, bu bir zumda qo‘shni respublikalarga, jumladan Xitoyga ham ta’sir qiladi.

U bundan bir necha yillar avval Qirg‘izistonda "baxmal inqilobi" orqali vaziyatni izdan chiqarishga urinishlar bo‘lganligini eslab o‘tdi. Ekspertning fikricha, O‘zbekiston ham ayrim okeanorti analitiklari tomonidan ana shunday holatni keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan ehtimoliy maqsadlardan biri sifatida baholangan.

Gasparanning e’tiroficha, O‘zbekistonning yangi hukumati o‘zining ustuvor yo‘nalish va maqsadlarini qat’iy tarzda bayon etish orqali kimdir biror "hunar" ishlatmoqchi bo‘lsa, yaxshisi bunday qilmasligi kerakligini bildirib qo‘ydi.

Siyosatshunos O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlar, mamlakat oldida turgan vazifa va muammolar, respublikaning ichki va tashqi siyosati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil suhbatni (rus tilida) ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0