Bugun O‘zbekistonda Islom Karimovni xotirlash kuni o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSveti u posolstva Uzbekistana v Moskve, v svazi s konchinoy prezidenta respubliki Islama Karimova
Sveti u posolstva Uzbekistana v Moskve, v svazi s konchinoy prezidenta respubliki Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 2-sentabrda O‘zbekiston aholisi mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlamoqda

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Islom Karimov 25-yil davomida mamlakatga rahbarlik qildi. U 2016-yil 2-sentabrda 78 yoshida insult oqibatida vafot etdi.

2016 yil 4-dekabrda respublikada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida bosh vazir sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi va O‘zbekiston prezidenti etib saylandi.

2017 yil 2-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori e’lon qilindi.

V Tashkente otkrili pamatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning birinchi haykali ochildi

Unga muvofiq, har yili Birinchi Prezident tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish belgilandi.

31 avgust kuni Oqsaroy rezidensiyasida Islom Karimov haykali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Haykal ochilish marosimida davlat rahbari Samarqandda yana bir haykal ochilishi, 2018-yil 30-yanvarda — Karimov tavalludining 80-yilligi kuni Qarshida haykal va Samarqandda yodgorlik majmuasi ochilishini ma’lum qildi.

Islom Karimov nomi Toshkent xalqaro aeroportiga, Texnika universitetiga, Asakadagi avtomobil zavodiga, Farg‘onadagi san’at saroyiga berilgan.

Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘istondagi ko‘chalarga ham Islom Karimov nomi berildi.

Islom Karimovning hayot yo‘li
Islom Karimovning hayot yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning hayot yo‘li
Yangiliklar lentasi
0