TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bugun 31-avgust kuni erta tongda Oqsaroy rezidensiyasi oldida minglab odamlar jamlanishdi. U yerda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Uzlife.uz nashri.
Haykal ochilish tantanali marosimida Islom Karimovning oila a’zolari, vazirlik va diplomatik vakolatxonalar vakillari, madaniyat va san’at arboblari, jurnalistlar va yoshlar tashkilotalri faollari ishtirok etishdi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerak-ki, jamlanganlar orasida juda ko‘p yoshlar bor edi, ularning aksariyati Karimov prezidentlik davrida tug‘ilib o‘sgan. Shu sababli O‘zbekiston Birinchi prezidentining nomi ular uchun butun bir davrni anglatadi.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich xotirasiga bag‘ishlangan so‘zlari meni yuragimning tubigacha yetib bordi. Islom Abdug‘aniyevich bizning mamlakatni murakkab davrlarda, hatto fojeaviy davrlarda boshqardi, desak adashmaymiz. Lekin u kishi millatning qadimiy donishmandligi, an’analari va ma’naviyatiga tayangan holda, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini birlashtira oldi va unda eng asosiy tuyg‘u – o‘z Vatani uchun g‘ururni uyg‘otishga muvaffaq bo‘ldi”, — dedi Tatyana Karimova ochilish marosimida.
Shuningdek Tatyana Karimova Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo aylab, ushbu marosimga kelgan barchaga chuqur minnatdorlik bildirdi va O‘zbekistonga tinchlik va farovonlik tiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Birinchi prezidentining haykallari yana Samarqand va Qarshi shaharlarida paydo bo‘ladi. Undan tashqari, 2-sentabr kuni Samarqandda islom Karimov maqbarasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.