Xitoylik tadbirkor O‘zbekistonda uchta zavod va texnopark qurishga sarmoya kiritadi

© nuz.uz / T.RaxmatullayevKitayskiy biznesmen gotov investirovat $1,5 mlrd v sozdanie predpriyatiy v Samarkande
Kitayskiy biznesmen gotov investirovat $1,5 mlrd v sozdanie predpriyatiy v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyasi direktori Fen Jun to‘rt kun davomida Samarqandda bo‘ldi va samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov bilan muzokaralar olib bordi

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Samarqandda semen, qalin qurilish oynalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar va texnopark quriladi. Bu borada "Umar" qurilish-ishlab chiqarish kompaniyasi tarkibidagi "Olim invest servis" MChJ va Xitoyning "CTI Holding group co., Ltd" kompaniyalari o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish haqida kelishuv imzolandi.

Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Jizzax EIZda 40 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi

Xitoy kompaniyasi direktori Fen Jun to‘rt kun davomida Samarqandda bo‘ldi va samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov bilan muzokaralar olib bordi, deb yozadi nuz.uz.

Ular shu yilning aprelida Pekinda o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolagan, o‘shanda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingandi. Bu — yiliga 1 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi, yiliga 10 mln kv.metr oyna ishlab chiqaruvchi zavod va bazaltdan kompozit qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavod hamda texnopark yaratish.

Tomonlar birinchi bosqichda zamonaviy texnologiyalar va qurilmalar bilan jihozlangan, Yevropa standartlariga mos portlandsement ishlab chiqariladigan zavod qurishga kelishib oldi. Ishlab chiqarilgan sementning 60%i eksport qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0