Xitoy Jizzax EIZda 40 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi

© UztelecomSpetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan
Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Wenzhou Jinsheng Trading Co kompaniyasi yettita investitsion loyihada ishtirok etadi

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida yaqin ikki yil ichida umumiy qiymati 40 million dollarlik yettita investitsion loyiha amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda "Jizzax" EIZ Sirdaryo filiali faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini imzoladi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Peugeot Citroen Avtomotive” guruhi bilan o‘zaro hamkorlikda yo‘lovchi va yuk tashish avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavod qurilishiga kirishildi - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Peugeot avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

Barcha yettita loyiha Xitoyning Wenzhou Jinsheng Trading Co kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi. Ularning to‘rttasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham qatnashadi.

2018 yil oxiriga qadar filialda poyabzal, charm-galantereya mahsulotlari, fiting va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha qiymati to‘qqiz million dollar bo‘lib, bu yerda yiliga 60 million kvadrat metrgacha mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 30 foizi eksport qilinadi.

Shuningdek, filial hududida "O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik bog‘i" ekoparki tashkil etiladi.

"Jizzax" erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali 2009-yilda Toshkentdan 70 kilometr uzoqlikda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida Xitoyning Wenzhou Jinsheng Trading Co kompaniyasi unga 90 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0