TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston mahalliy OAVlarida sentabrdan banklarda xorijiy valyuta sotuvi boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hali qaror qabul qilgani yo‘q, ushbu qaror joriy etiladigan aniq sana va almashtiruv kursi hozircha noma’lum", — deb yozadi "Zamin" nashri.
Valyuta almashtirish operatsiyalarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan ikki nafar bankirning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar banklardan valyuta sotib olganlarida bank tomonidan pul naqd ko‘rinishda emas, balki maxsus hisob kartochkasiga o‘tkazib beriladi.
Ta’kidlanishicha, banklar dollarni ayni vaqtda 7.700 so‘m atrofida bo‘lgan bozor kursidan ozgina ko‘proq miqdorda sotishadi.
Qayd etish joiz, fuqarolar tomonidan banklardan valyuta sotib olinganda pul naqd ko‘rinishda emas, balki maxsus hisob kartochkalariga o‘tkazilgan holda beriladi.