TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrik telegrammasini yo‘lladi.
"Muhtaram Shavkat Miromonovich!
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda erishgan muvaffaqiyatlari barchaga ma’lum. O‘zbekiston jahon miqyosida yuksak nufuzga ega mamlakat sifatida xalqaro muhim masalalarni hal etishda alohida o‘rin tutadi.
Davlatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. O‘zaro aloqalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni Siz bilan birgalikda davom ettirishga tayyor ekanimni tasdiqlamoqchiman. Ishonchim komilki, bu Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining manfaatlariga to‘la mos keladi.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan, Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti", — deyilgan tabrik telegrammasida.