TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Murodbek Qodirov Moskva shahrida 1-sentabr kuni teraktlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z aybini tan oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, Qodirov O‘zbekistondan ekani, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgani, turmush o‘rtog‘i va farzandi borligini aytgan. U Moskva shahriga joriy yil 10-mart kuni kelgan, shu yerda yashab, ishlagan.
"Men aybni tan olaman… Men aybdor emasman, afsusdaman", — degan u Moskvaning Meshansk sudida.
Sud Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining murojaatini qanoatlantirdi va Qodirovni hibsga oldi. Tushuntirilishicha, ayblanuvchi yashirinishi va qonunlarga zid faoliyatni olib borishda davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan Moskva va Moskva viloyatida 1-sentabrda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan 2 nafar "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi a’zolari ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.