O‘zbekiston mustaqillik bayramini nishonlamoqda: ilk marta Karimovsiz

Obuna bo‘lish
Mamlakat bayramni ilk bor Islom Karimovsiz nishonlamoqda, lekin respublika u boshlab bergan taraqqiyot yo‘lidan boradi

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston 26-yil ichida ilk bor mamlakatning eng ulug‘ bayrami — Mustaqillik kunini uzoq yillar rahbarlik qilgan Islom Karimovsiz nishonlamoqda, deb yozadi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bir yildan so‘ng

Respublikaning birinchi prezidenti vafot etganiga bir yil bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik davri natijalarini tahlil qilgan xalqaro ekspertlar negadir o‘tgan davrni Xrushchev zamonidagi "iliqlik davri" deb atashmoqda. Bu qiyoslash esa umuman mos emas, zero Mirziyoyev sobiq sovet rahbaridan farqli ravishda o‘zidan oldingi rahbar faoliyatini qoralagani yo‘q, balki aksincha, uning yo‘lidan borilishini ta’kidlamoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tarixida ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi - Mirziyoyev

"Oradan yillar, asrlar o‘tadi, muhtaram Birinchi Prezidentimizning nomi va u kishi boshchiligida amalga oshirilgan buyuk ishlar yurtimizning shonli tarixida o‘chmas sahifa bo‘lib mangu qoladi", — dedi Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimovga bag‘ishlangan haykalning ochilish marosimida.
Va bu barchaga — amaldorlar, g‘arb hamjamiyati va xalqqa qilingan murojaat. Hech qanday qoralashlar bo‘lmaydi, mamlakat Islom Karimov belgilab bergan yo‘ldan boradi, faqat endilikda uslub va mexanizmlar o‘zgaradi.

O‘zbekistonliklar uchun bayram o‘zgardimi? Bu savolga ikki xil javob berish mumkin. Bir tarafdan, u har doim yangi davr va mustaqillik ramzi sifatida qabul qilinib kelingan. U maktab va sport to‘garaklari, raqs va musiqa jamoalarining turli vazirliklar buyrug‘i asosida shahar bog‘larida, estrada yulduzlari esa katta maydonlarda chiqish qiladigan ko‘rgazmali tomosha bo‘lib qolgandi. Xalq esa bu bayramga kuzning boshidagi dam olish kunidek qarardi.

Artist va musiqachilarning davlat organlari tomonidan ommaviy tomoshalarga jalb etilishi o‘z mevasini berdi. Yoshlar doimo sevimli xonandalari chiqish qiladigan joylarga borishga intilardi.

Bugun ana shunday yondashuv o‘zgardimi. Afsuski, hozircha yo‘q. O‘sha-o‘sha to‘garaklar, xonanda va sozandalarning ko‘rgazmali chiqishlari. Go‘yoki barchasi shunchaki xo‘jako‘rsinga, o‘tdimi-o‘tdi va hamma uy-uyiga tarqalgandek. Har yili o‘sha dastur, o‘shanday yondashuv. Hech qanday yangilik yo‘q.

"Biz har yili Mustaqillik kunida shahardagi birorta boqqa boramiz. Bayram qilish uchun emas, bayram keyingi paytda juda ma’muriy bo‘lib ketdi. Bu biz uchun yana bir dam olish kuni, do‘stlar bilan to‘planish, dam olish, kafeda o‘tirish mumkin. Bu yil qandaydir o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin biz istaganchalik darajada emas", — deydi Sputnik muxbiriga toshkentlik Madina.

V Moskve proshlo chtenie namaza Iyd Kurban - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Qurbon hayiti namozi ado etildi

Va baribir hukumat tomonidan ushbu bayramga, to‘g‘rirog‘i, bu bayramni nishonlaydigan xalqqa nisbatan munosabatda ma’lum bir o‘zgarishlar sezilmoqda. Masalan, ilgari shahar markazidagi o‘nlab ko‘chalar yopilar, bu esa odamlarning noroziligini keltirib chiqarardi. Bugun esa boshqacha, faqatgina yopilishi zarur ko‘chalar yopilyapti va bu ham ko‘pga emas. To‘g‘ri, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning munosabati hozircha o‘zgarmagan — hamma joyda o‘sha baqiriq: buni suratga olma, u yoqqa borma, ko‘zingga qara va shunga o‘xshash gaplar.

Tanganing ikki tomoni

Uzoq vaqtdan buyon ilk marta Mustaqillik bayrami Qurbon hayiti bilan bir kunga to‘g‘ri kelib qoldi. Ko‘plab xorijlik ekspertlar bundan ham o‘zlariga munozara yasashdi, O‘zbekiston uchun qaysi biri muhim — davlat bayramimi yoki diniy bayrammi. Ular tushunib bo‘lmaydigan allaqanday faktlar asosida Mirziyoyev sovet odami, u davlat bayramiga e’tibor qaratadi degan fikrga kelishdi. Barcha narsaga prezidentning o‘zi oydinlik kiritdi.

"Bugun el-yurtimiz Mustaqillik bayrami bilan birga muborak Qurbon hayitini ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. Bu ikki ulug‘ bayramning aynan bir kunga to‘g‘ri kelishida ham o‘ziga xos chuqur va ramziy ma’no bor", — dedi u o‘zining tabrik nutqida.

Aytib o‘tish joizki, o‘zbekistonliklar barcha davlat bayramlarini dam olish kuni, do‘stlar bilan uchrashish, diniy marosimlar o‘tkazish, palov tayyorlash, muhtojlarga ehson qilish sifatida qabul qiladilar. O‘tgan 26-yil davomida bu yerdagi odamlarda Rossiyadagi singari yuzlarini uch xil rangga bo‘yab bayroq ko‘tarib yurish odati paydo bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonda hammasi oilaviy, muloyimgina o‘tadi. Hattoki bayram nishonlanayotgan bog‘larda ham ramzlar faqat sahnada, shaharda esa ustun va transparantlarda bo‘ladi.

Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Usmonxon Alimov musulmonlarni Qurbon hayit bilan tabrikladi

Shuning uchun mamlakatda diniy bayramga ham kuchliroq e’tibor qaratiladi. O‘zbekistonda diniy bayram ham o‘zbekona udumlar bilan qorishgan holda o‘tkaziladi.
Toshkentda Qurbon hayitidan bir kun oldin ajoyib holatga guvoh bo‘lish mumkin edi — deyarli butun Kichik halqa yo‘li qurbonlikka so‘yish uchun mo‘ljallangan qo‘ylar bilan to‘lib ketgandi. Ularning narxi 1 million so‘mdan boshlanib vazniga qarab oshib borardi. Va mamlakatdagi hamma bu narsani ortiqcha vahima va noroziliklarsiz oddiy qabul qildi.

Aholining mazkur holatga xotirjamlik bilan yondashishi mamlakatda qo‘yni qayerda so‘yish kerakligi borasida hech qachon bahs-munozaralar bo‘lmaganini anglatadi. Bu yerda qo‘y so‘yiladigan alohida joy yo‘q, qassoblar jonivorni uy egasining shunday yonginasida so‘yishadi. Bugun butun mamlakatdagi minglab mahallalarda qurbonlik uchun so‘yilgan qo‘ylarning go‘shtlari muhtojlarga tarqatildi.

Umuman olganda, O‘zbekistonda rasmiy va diniy bayram birdek mavjud. Chunki odamlar bir narsani — mamlakatdagi tinchlik va xotirjamlikni bayram qilishadi. Ular Yaratganga shukr qilishadi va hukumatdan minnatdor bo‘lgan holda muhtojlardan yordamlarini ayashmaydi.

Yangiliklar lentasi
0