O‘zbekiston tarixida ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident o‘z tabrik nutqida O‘zbekiston xalqini "Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik", - deya vatanparvarlikka chorladi

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlovini yo‘lladi.

V Tashkente otkrili pamatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning birinchi haykali ochildi
Prezident o‘z nutqi avvalida mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovni yodga oldi.

"Bundan roppa-rosa yigirma olti yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.

Shu kundan e’tiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.

Jonajon Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixida yangi davr — erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi.

Biz bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, istiqlol yillarida bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli yo‘limizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa bir davrda o‘z taqdirimizni o‘zimiz hal etish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash, milliy davlatchiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni tiklash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz.

Albatta, ushbu yutuqlarning qo‘lga kiritilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos bo‘lganini bugun barchamiz, butun xalqimiz takroran esga olishimiz tabiiydir.

Bugun azim poytaxtimiz Toshkent shahrida, Oqsaroy qarorgohi oldida Islom Abdug‘aniyevichning haykalini ochdik. 2-sentabr kuni esa Islom aka tug‘ilib voyaga yetgan Samarqand shahrida u kishining haykali ochiladi.

Nasib etsa, 2018-yil 30-yanvarda — u kishi tug‘ilgan kunga 80-yil to‘ladigan sanada Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimizga haykal o‘rnatish, Samarqand shahrida yodgorlik majmuasi barpo etish ishlarini to‘la yakuniga yetkazib, ularning ham tantanali ochilish marosimlarini o‘tkazamiz.

Bugun barchamiz bir fikrda yakdilmiz: Birinchi Prezidentimizning Vatan va davlat oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari, so‘nmas xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. <…>

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Bugun el-yurtimiz Mustaqillik bayrami bilan birga muborak Qurbon hayitini ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Bu ikki ulug‘ bayramning aynan bir kunga to‘g‘ri kelishida ham o‘ziga xos chuqur va ramziy ma’no bor.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy fikr: O‘zbek xalqi Islom Karimov bilan
Mana shu imkoniyatdan foydalanib, siz, azizlarni ana shu qo‘shaloq ayyomlar bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Shu yuksak minbardan turib, barcha yutuqlarimiz, buyuk kelajagimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan mard va olijanob, mehnatkash va tanti xalqimizga ta’zim qilaman.

Bugungi ulug‘ ayyom kunlarida qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni mujassam qilib aytmoqchiman:

Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!

Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxtu iqbolini ko‘rish nasib etsin!

O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!", — deya o‘z tabrigini O‘zbekistonning Birinchi prezidenti jumlasi bilan yakunladi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0