TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Polshaning Polcotton kompaniyasi O‘zbekistonda paxta tolasini qayta ishlovchi yirik majmuani barpo etadi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA Yevropa qo‘mitasining paxta va to‘qimachilik sanoati vitse-prezidenti Alois Shonbergerning so‘zlariga tayangan holda.
Majmuani barpo etish uchun Polcotton 60 million dollarni yo‘naltirishni rejalashtirgan.
"Polshaning Zauber Eco-tex, Wamatex, Konimpex, Farotex, Karintex, Szwalnia singari va boshqa yetakchi kompaniyalari O‘zbekistondan bo‘ladigan import hajmini bir necha barobarga ko‘paytirishga tayyordirlar. Buni shu bilan izohlash mumkin-ki, sizning mamlakatingizdagi korxonalar dunyo bozorida talabgir bo‘lgan o‘ta yuqori sifatli paxta tolalari, mato, polotno, tayyor trikotaj va ipak mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Bu mahsulotlar sifat jihatdan dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan qolishmaydi. Shu bilan birga, dizayn, jahon bozorida o‘z brendini yaratish hamda tovarlarning yangicha turlarini o‘zlashtirishga e’tibor qaratiladi", — deb aytgan Shonberger O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillari bilan bo‘lgan suhbati davomida.
Shonberger uchrashuv davomida yevropalik xaridorlarni O‘zbekistonning milliy paxtasi, ipagi va jun ipdan tayyorlanadigan to‘qimachilik mahsulotlari jalb qilayotganini ta’kidlab o‘tgan.