TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 8-sentabr kuni Toshkent shahri Sayilgoh ko‘chasida "O‘zbegim" an’anaviy madaniyat festivali o‘tkaziladi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida.
Xabarda ta’kidlanishicha, festivalda dunyodagi eng katta palov tayyorlanadi.
Festival dasturidan amaliy san’at bo‘yicha master-klasslar, darbozlar va xalqona tadbirlar, gastronomik yarmarka, "Tandir-shou", modalar namoyishi o‘tkazilishi hamda o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar uyushtirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, "O‘zbegim" brendi mahsulotlari sotiladigan suvenirlar do‘koni ham faoliyat yuritishi qo‘shimcha qilingan.
Turizm qo‘mitasi turistik kompaniyalarga ushbu tadbirni chet ellik mehmonlar uchun yaratilgan dasturga kiritishni tavsiya etmoqda.