Samvel Babayan: Xitoyga omad kulib boqdi

© Federatsiya futbola UzbekistanaTrener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi”, - dedi Babayan.

TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Xitoy – O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiyin o‘yin o‘tkazdik va afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o‘girdi, omad raqib tomonda bo‘ldi. Bugungi o‘yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi. Afsuski, o‘yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. O‘yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag‘lubiyatga loyiq emasdik.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu ustupila Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy – O‘zbekiston 1:0, endi umid JCh-2022 danmi?

Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo‘lgani kabi bu yerda ham g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Birinchi navbatda Xitoy bilan o‘yinni xotirjamlik bilan o‘rganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi”, – dedi Samvel Babayan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5-sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0