Xitoy – O‘zbekiston 1:0, endi umid JCh-2022 danmi?

© Asian Football ConfederationSbornaya Uzbekistana po futbolu ustupila Kitayu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu ustupila Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi eng muhim o‘yinni yutqizib qo‘ydi desak adashmaymiz. Endi O‘zbekiston jamoasi turnir jadvalining 4 qatoriga tushib ketdi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bugun Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yilgi Jahon chempionatining saralash guruhi bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yindan birini o‘tkazdi.

Futbolnie bolelshiki iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Janubiy Koreya futbol o‘yiniga chiptalar sotilishi boshlandi

Afsuski, o‘yin raqib Xitoy jamoasining g‘alabasi bilan tugadi. O‘zbekiston jamoasi bir necha imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi. 2 taym oxirida Jeparovning o‘rniga maydonga tushgan Geynrix ham vaziyatni o‘zgartira olmadi. Yagona golni 84 daqiqada Gaol Lin penalti evaziga amalga oshirdi.

Lekin O‘zbekiston jamoasidan bir kishi kunning haqiqiy qahramonga aylandi desak adashmaymiz. U ham bo‘lsa darvozabon – Ignatiy Nesterov! Xitoy bilan bo‘lgan o‘yinda Nesterov haqiqiy mahorat ko‘rsatib jamoa darvozasini bir necha bor  o‘ta kuchli va murakkab zarbalardan asrab qoldi. Nesterov O‘zbekiston TJning eng yaxshi darvozaboni degan nomni yana bir bor oqladi.

Jahon Chempionatiga chiqish yo‘lidagi kichik imkoniyat, endi yanada kamaydi. Terma jamoa muxlislari “Xitoyni yutmagan Koreyani yutarmidi” degan  fikrlar bildirmoqda. Eng optimistlar esa “2022 yilda ham Jahon chempioni bo‘ladiku” deb o‘zlariga dalda bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0