Prezident Qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi eksponatlari bilan tanishdi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bugun Qatag‘on qurbonlari kuni munosabati bilan "Shahidlar xotirasi" xiyobonida xalq ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan marhumlarni yod etish marosimi o‘tkazildi, deb xabar berdi Uzbekistan24.uz.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

An’anaga ko‘ra osh tortildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Prezident O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolar, mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Proyekte nadgrobnogo memorialnogo soorujeniya v pamat Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xotira majmuasi 2-sentabrda ochiladi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi eksponatlari bilan tanishdi.

"Ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yo‘lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir, —dedi prezident.- Har bir viloyatda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini tashkil qilishimiz kerak. Ular universitet va institutlar qoshida tashkil etilsa, ayni muddao bo‘ladi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi bo‘yicha maktab darsliklarida maxsus dastur asosida o‘qitish tizimini ham ishlab chiqish zarur".

Shavkat Mirziyoyev muzey yonidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali atrofini yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

— Bu yerdagi muhit ijodkorlar uchun ilhom manbaidir. Shuning uchun Bo‘zsuv kanali atrofida turli tadbirlar — maqom kechalari, yoshlar, nuroniylar va ziyolilarning uchrashuvlarini uyushtirish maqsadga muvofiq, — dedi Mirziyoyev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yodgorlik majmui va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sobiq tuzum jazo organlariga qatlgoh bo‘lib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatag‘on qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilgan. Yodgorlik majmui ana shu sobiq qatlgoh hududlarini o‘zaro birlashtirib turadi. Agar ramziy sag‘ana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning ma’rifiy markazi bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0