TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Samarqand markazida joylashgan xotira majmuasi ushbu yilning 2-sentabr kuni ochiladi, deb xabar qildi Birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva.
Uning aytishiga qaraganda, Islom Karimov xotira majmuasi ustida olib borilgan ishlar YuNESKO va Yodgorlik va diqqatga sazovor joylarni saqlab qolish xalqaro kengashi (IKOMOS) bilan hamkorlikda olib borilgan va o‘tgan butun yil davomida to‘xtovsiz olib borilgan.
“Biz ushbu hamkorlikdan mamnunmiz. Uning natijasida maqbarada olib borilgan barcha ishlar YuNESKO tavsiyanomasiga ko‘ra amalga oshirildi. O‘rta Osiyo me’morchiligining eng yaxshi an’analarini o‘ziga mujassamlashtirgan ushbu maqbara 2-sentabr, otam vafot etgan kunning bir yilligiga ochiladi”, — dedi Lola Karimova-Tillyayeva.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti, Islom Karimov mamlakatni 25-yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelgan edi. 2016-yilning 2-sentabrida Islom Karimov 78 yoshida insult oqibatida vafot etgan edi. Karimov o‘z vatanida Samarqandda dafn etilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabrni Islom Karimov xotira kuni sifatida nishonlash haqida qaror imzolagan edi. Undan tashqari, Toshkentdagi Oqsaroy rezidensiyasida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy xotira majmuasi ochiladi. Shuningdek, har yili Islom Karimov tug‘ilgan kun — 30-yanvar Islom Karimov tug‘ilgan kuni sifatida keng nishonlanadi.