Samarqanddagi migratsiya markazi Peterburg korxonalari uchun ishchilarni tanlaydi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishMigranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya
Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markazning asosiy vazifasi ish beruvchilarni shunchaki ishchilar bilan ta’minlash emas, balki korxona talabi bilan xodimning malakasi mos tushishiga erishishdir

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Sankt-Peterburg mehnat va aholi bandligi qo‘mitasi Samarqandda shahar korxonalari uchun mutaxassislar tanlash bo‘yicha migratsiya markazini ochadi, deb xabar berdi Nuz.uz.

Rabota v sexe shveynoy fabriki - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chevarlarni Rossiyada ishlashga taklif qilmoqda

Qo‘mita raisi Dmitriy Cherneykoning aytishicha, bugungi kunda Peterburg korxonalarida 3,4 million kishi mehnat qilmoqda. Ulardan 250 ming nafari xorijlik fuqarolar bo‘lib, aksariyat qismini (60%) o‘zbekistonliklar tashkil etadi. Aynan mana shu omil Samarqandda mutaxassislar tanlash markazi ochilishiga sabab bo‘ldi.

Cherneykoning bildirishicha, markazning asosiy vazifasi ish beruvchilarni shunchaki ishchilar bilan ta’minlash emas, balki korxona talabi bilan xodimning malakasi mos tushishiga erishishdir.

Markaz shahardagi 3,5 mingta korxona bilan hamkorlik qiladi va ularning qanday mutaxassislarga ehtiyoji borligini aniqlaydi.

Yangiliklar lentasi
0