TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Mehnat migrantlariga huquqiy yordam Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlashni istagan fuqarolarni ishga taklif etmoqda.
18-45 yoshli erkak va ayollar tikuvchilikka (motoristka) taklif etiladi. Maoshi 40 ming rubldan boshlab. Sinov davri – 1 oy. Ish beruvchi yashash, ishxonaga borib-kelish uchun yo‘l xarajatlari va ishlash uchun ruxsatnoma (patent) pulini to‘laydi.
23-40 yoshli ayollar maxsus kiyim tikishga taklif qilinadi. Maoshi ishbay bo‘lib, 40 ming rubldan boshlanadi. Haftada olti kun, kuniga 11 soat mehnat qilinadi. Sinov davri – 14 kalendar kuni. O‘zbekistondan kelish va ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlarini xodim o‘zi to‘laydi.
18 yoshdan katta erkak va ayollar tikuvchilikka taklif etiladi. Oylik maoshi ishbay, 38 mingdan 80 ming rublgacha. Sinov davri — 1 oy. Yashash, ovqatlanish, ish joyiga borib-kelish uchun yo‘lkira xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘lanadi. Xodim transport va ishlash ruxsatnomasi (patent) xarajatini o‘zi to‘laydi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, o‘qitish va ko‘niktirish Markazi uchun to‘lov (Toshkent shahridagi yotoqxonasi bilan birga) 666 ming so‘mni tashkil qiladi. Kiyim-kechak to‘lovi – 142 000 so‘m. Talabgorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik to‘lovi – 140 300 so‘m. O‘z-o‘zini ta’minlash asosida faoliyat yuritadigan agentlikning xarajatlari to‘lovi to‘rt minimal maosh miqdoridadir. Xorijga agentlik orqali faoliyat yuritish uchun yuborishning bundan boshqa xarajati yo‘q.
Yuqoridagi yo‘nalishlarda xorijda mehnat faoliyatini yuritish istagida bo‘lganlar Tashqi migratsiya agentligining +998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99 telefon raqamlariga yoki agentlikning hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin.