Erdo‘g‘on Gitler Germaniyasini samarali prezident boshqaruviga misol qilib ko‘rsatdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova, Erdo‘g‘onning ushbu so‘zlarini “Endi ko‘p narsa tushunarli bo‘ldi” deb izohladi. Turkiya prezidenti ma’muriyati bo‘lsa prezident so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilindi demoqda.

TOShKENT, 2 yanv – Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyip Rajab Erdo‘g‘on Turkiyada, Germaniyada natsizm davrida bo‘lganidek, unitar davlat tizimi va prezident boshqaruvini kiritish mumkin, deb aytgandi, RIA Novosti Today's Zaman xabariga asosan.

Erdo‘g‘anning fikriga ko‘ra, Gitler Germaniyasining boshqaruv tizimi, prezidentlik boshqaruvining samarali misoli bo‘lishi mumkin. Turkiya prezidenti payshanba kechqurun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu fikrni bildirgandi.

“Unitar davlatda prezident boshqaruvinining iloji yo‘q deb kim aytdi?  Dunyoda bunga misollar juda ko‘p, tarixda ham hozir ham. Gitler davridagi Germaniya ham bunga misol bo‘lishi mumkin. Boshqa davlatlarda ham bunga misollar bor”, — ded Erdo‘g‘on.

Unitar boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlat – bu yagona boshqaruv organi va yagona qonunchilik asosiga ega bo‘lgan davlat. (Federatsiya emas) Dunyoda ko‘plab mamlakatlar unitar boshqaruv tizimiga ega. Unitar davlatlar, odatda, prezident yoki parlament tomonidan boshqariladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqdta Erdo‘g‘on rahbarlik qilayotgan partiya Turkiyada parlament boshqaruv tizimini prezident boshqaruv tizimiga o‘tkazishga harakat qilmoqda. Balkim, yaqin orada ushbu mavzuda Turkiya umumxalq referendumi o‘tkaziladi. Muxolif partiyalar esa bunga qarshi, ularning fikricha Erdo‘g‘an shunday usul bilan barcha boshqaruv dastaklarini o‘z qo‘liga kiritmoqchi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Facebookdagi sahifasida Erdo‘g‘onning ushbu so‘zlaridan keyin “Endi ko‘p narsa tushunarli bo‘ldi” deb izoh berdi.

Erdo‘g‘anning ushbu so‘zlaridan keyin bir necha OAVlarda shov-shuv ko‘tarildi. Juma kuni, Turkiya prezident matbuot xizmati bo‘lsa shoshilinch ravishda Erdo‘g‘onning so‘zlarini “noto‘g‘rin talqin qilindi” deb xabar tarqatdi.

Yangiliklar lentasi
0