O‘zbekiston IIV akademik litseylari tashkil etildi

© StringerMilitsiya avtomobili
Militsiya avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiya kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat IIV akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Respublikada mavjud 2 ta kollej va 12 ta akademik litsey negizida, har bir mintaqada bittadan, jami 14 ta IIVning akademik litseylari tashkil etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Akademiya MVD - Sputnik O‘zbekiston
Kelasi yildan IIV Akademiyasiga talabalar imtihonsiz qabul qilinadi
Ta’kidlanishicha, akademik litseylar Ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki kasbiy bilim, yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, IIV oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha samarali tartibni joriy etish maqsadida tashkil qilingan.

Jumladan:

Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 2-sonli Nukus akademik litseyi negizida IIV Qoraqalpoq akademik litseyi;

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi akademik litsey negizida IIV Andijon akademik litseyi;

Buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litsey negizida IIV Buxoro akademik litseyi;

Jizzax pedagogik instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey negizida IIV Jizzax akademik litseyi;

Qarshi iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey negizida IIV Qashqadaryo akademik litseyi;

Navoiy axborot va elektron sanoat kasb-hunar kolleji negizida IIV Navoiy akademik litseyi;

Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey negizida IIV Namangan akademik litseyi;

Samarqand davlat xorijiy tillar instituti qoshidagi akademik litsey negizida IIV Samarqand akademik litseyi;

O‘zbekiston IIV Akademiyasida rus va xitoy tillari kurslari tashkil etiladi
Guliston davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litsey negizida IIV Sirdaryo akademik litseyi;

Termiz davlat universiteti qoshidagi 5-sonli Jarqo‘rg‘on akademik litseyi negizida IIV Surxondaryo akademik litseyi;

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik litseyi negizida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi;

Baytqo‘rg‘on xizmatlar sohasi va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji negizida IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi;

Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi 3-sonli akademik litsey negizida IIV Farg‘ona akademik litseyi;

Urganch davlat universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litsey negizida IIV Xorazm akademik litseyi tashkil etilgan.

IIV akademik litseylarining o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy jihatdan va axborot-resurs­lari orqali ko‘maklashish — Akademiya tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorligini ta’minlash esa Ichki ishlar vazirligi Kadr­lar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan Akademiyada "Akademik litseylar bilan ishlash bo‘limi" tashkil etildi.

IIV akademik litseylari direktorlarining lavozimlari "polkovnik" unvonidagi Akademiya kasbiy tayyorgarlik fakulteti boshlig‘iga tenglashtirildi. Ular lavozimga Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiya kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat IIV akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladi.

IIVning boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda IIV akademik litseylarining bitiruvchilari uchun imtiyozli shartlar belgilandi.

IIV oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan IIV akademik litseylarining bitiruvchilari Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0