TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Agrobank tijorat banki 80 ta bankomat sotib olishi haqida tanlov e’lon qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, bu milliy valyuta bilan hisob-kitob qiladigan UzCard EVM plastik kartalar to‘lovlarni qabul qilish hamda mijozlarning naqd pul olish imkoniyatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xabardja aytilishiga ko‘ra, bank ushbu bankomatlarni yetkizib berish bo‘yicha takliflarni joriy yilning 5-sentabrga qadar qabul qiladi.
Bir necha hafta oldin banklar butun respublika bo‘yicha pul terminallarini o‘rnatish ishlari boshlangan edi.
Birinchi bo‘lib Xalq banki tomonidan Toshkentning Oloy, Yunusobod, Quyliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatildi. Xalq banki yaqin orada yana beshta bankomat o‘rnatishni va’da bermoqda.
Shu oyning 20-chi sanalarida O‘zbekiston Milliy banki tomonidan Toshkent va Samarqandda yana 55ta bankomat o‘rnatish rejasi elon qilingan edi.
2017 yil boshlarida Markaziy bank Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Toxirovning so‘zlariga ko‘ra, shu yil yakuniga qadar Toshkentda aholini naqd pul bilan ta’minlash bo‘yicha 1000 yaqin bankomat va terminallar o‘rnatiladi.