Markaziy bank to‘lov terminallari bilan ta’minlashda muammolar borligini tan oldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu masala bo‘yicha Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan sessiyada ishtirok etgan Markaziy bank raisi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev bayonot berdi

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki tadbirkorlarni to‘lov terminallar bilan ta’minlash borasida ma’lum muammolar borligini tan oldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Plastik karta orqali to‘lov - Sputnik O‘zbekiston
Narxlar nega turlicha?

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayevga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda yetarli darajada to‘lov terminallar bilan ta’minlanmagani eng dolzarb muammo hisoblanadi. Markaziy bank ushbu muammoni tez fursatda hal qilish uchun bor imkoniyatini ishga solgan.

"Yaqinda banklarga to‘lov terminallarini xorijdan xarid qilish uchun ruxsat berildi. Keyinchalik ushbu terminallar markaziy bank bazasiga ulanadi. Bundan tashqari, iyul oyi yakuniga qadar tadbirkorlik subyektlariga 30 ming dona terminallarini tarqatish rejalashtirilgan", — dedi Xo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda 19,4 mln dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan. Savdo va xizmat ko‘rsatish joylarida 208 ming dona terminallar o‘rnatilgan. Savdo aylanuvida plastik kartochkalar bilan to‘lovlarni amalga oshirish ulushi 70 foizni tashkil qiladi.

2017 yil 15-martdan yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun to‘lov terminallar uchun ijara to‘lovi 50 foizga kamaytirildi. Endi ushbu to‘lov yuridik shaxslar uchun Markaziy banki kursida 5 yevroni hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2,5 yevroni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0