TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida olti nafar o‘zbekistonlik sportchi yarim finalga yetib kelishdi.
Yarim final janglari 31-avgust kuni va 1-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
49kg toifada Hasanboy Do‘smatov 31-avgust kuni Kolumbiyalik Martinez Rivares bilan uchrashadi.
64 kg vazn toifasida Ikboljon Xaldarov ham o‘sha kuni AQShlik Rojas Fredis bilan bahslashadi.
91 kg toifada Sanjar Tursunov rossiyalik Yevgeniy Tishenko bilan uchrashadi.
1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan janglarda:
52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov Janubiy Koreyalik Kim In Kyu bilan uchrashadiyu
69 kg vazn toifasida Shaxram G‘iyosov Qozog‘istonlik Abilayxan Jusupovbilan ringga chiqadi.
81 kg vazn toifasida esa Bektemir Melikuziyev Irlandiyalik Jozep Uordom bilan jang qiladi.