TOShKENT, 30 avg — Sputnik. "Uralskie avialinii" aviakompaniyasi 13-sentabrdan boshlab Sankt-Peterburgdan Namanganga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda "Nevskie novosti" xabar bermoqda.
Xabarda bildirilishicha, parvozlar haftada bir marta chorshanba kunlari Sankt-Peterburg-Namangan va payshanba kunlari Namangan-Sankt-Peterburg yo‘nalishida amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun Airbus 320 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.
Biletlarni aviakompaniya yoki Peterburg aeroporti kassalaridan sotib olish mumkin.