Jamiyat

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" Samaraga qoʻshimcha reyslar joriy etdi

© Gennady Misko / Samolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Aviakompaniya sayyohlik mavsumi qizgʻin pallaga kirganligi bois qoʻshimcha reyslar joriy etilganligini bildirdi

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi sayyohlik mavsumining qizgʻin pallasida Toshkent-Samara-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reyslar joriy etadi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.

Passajirы vыxodyat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" Rossiya va Qozogʻistonga qoʻshimcha qatnovlar joriy etdi

Parvozlar 2, 16, 30 iyul va 27 avgust yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali quyidagicha (mahalliy vaqt bilan):

Toshkent — 09:10 — Samara — 11:30

Samara — 13:30 — Tashkent — 17:35.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK Toshkent — Mineralnыe Vodы — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reyslarni yoʻlga qoʻygandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0