Qo‘qondagi temiryo‘l-transport kolleji direktori qo‘lga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kleti
Naruchniki na dveri kleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kollej direktori 20 abituriyentning DTM ruxsatnomasini almashtirgan, ularning o‘rniga imtihonga repetitorlik kurslarida maxsus tayyorlangan boshqa odamlar kirishgan

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari firibgarlik bilan shug‘ullangan Qo‘qondagi temiryo‘l-transport kolleji direktori G.Yuldashevani qo‘lga olishdi.

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi fuqaro kollej direktori uni qonunga xilof ishga, xususan, kollejga 20 nafar soxta abituriyentni kiritish bo‘yicha firibgarlik sxemasini tashkil qilishga jalb etgani haqida MXXga ariza bilan murojaat qildi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi oliygoh mutaxassisi 8 ming dollar pora olayotganda ushlandi

"Kollej direktori 20 abituriyentning DTM ruxsatnomasini almashtirgan, ularning o‘rniga imtihonga repetitorlik kurslarida maxsus tayyorlangan boshqa odamlar kirishgan. Mazkur ishda yordam bergani uchun Yuldasheva arizachiga 3,9 ming dollar berishni va’da qilgan va ming dollarini bo‘nak tariqasida bergan. Qolgan 2,5 ming dollarni imtihonlar o‘tishi bilan, 400 dollarni esa sentabr oxirigacha berishini aytgan", — dedi MXX vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Ariza asosida MXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlaridan iborat tezkor guruh tuzildi va kollej direktori pul berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Yuldashevaning yashash va ish joyi ko‘zdan kechirilganida o‘nlab pasportlar kseronusxalari, yigit va qizlarning fotosuratlari, Qo‘qon temiryo‘l-transport kollejiga kirish uchun arizalar topildi.

Yuldashevaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 209- (Mansab soxtakorligi) moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0