Toshkentdagi oliygoh mutaxassisi 8 ming dollar pora olayotganda ushlandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U fuqaro Abdumalik Esonovning ishonchiga kirib, unga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti Axborot resurslari markazi yetakchi mutaxassisi Furqat Hasanov fuqaro Abdumalik Esonovning ishonchiga kirib, unga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning uchun undan 8000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
SamDU dekani o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Yangiliklar lentasi
0