TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Moskvalik taniqli vizajist Goar Avetisan Toshkent aeroportida qizg‘in kutib olindi.
Goar Avetisan o‘zining Instagramdagi sahifasida O‘zbekistonga uchib kelishi haqida videorolikni joylashtirgan. Toshkentda 30-avgust kuni master-klass o‘tkaziladi.
Sal oldin Avetisan internet orqali Toshkentda tashqi ko‘rishinida ma’lum qusurlarga bo‘lgan, jumladan, yuz terisida chandiq yoki xol bo‘lgan, xunuk tatuaj qilingan va qoshi bo‘lmagan qizlarni izlayotgani haqida e’lon bergan edi.
Goar Avetisan Instagramdagi sahifasida 4 mlndan ortiq kuzatuvchilarga ega. U o‘z qahramonlarini pardoz-andoz qilib, sohibjamol holatga keltiradi. Avetisan ko‘pincha terisida muammolari bo‘lgan yoki noan’anaviy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan qizlarga yordam berib kelmoqda.
Toshkentda o‘tkaziladigan master-klassda Avetisan terini parvarishlash bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishib, qatnashchilarning savolllariga javob beradi.
Shuningdek, vizajist 2-sentabrda Bishkekda va 4-sentabrda Dushanbeda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.