TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Toshkentda 1-sentabr kuni jamoat transportlari soat 4dan boshlab ishlaydi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" matbuot-xizmati.
"Toshkentda 1-sentabr kuni Mustaqillik bayrami va musulmonlarning muqaddas ayyomi Qurbon xayitining nishonlanishi munosabati bilan avtobuslar va metro tong sahar 4.00dan boshlab ishlaydi", — deb xabar qilgan "Toshshahartransxizmat" matbuot-xizmati "Podrobno.uz" nashri muxbiriga.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Qurbon hayitining birinchi kuni 1-sentabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 2017-yil 1-sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadigan bo‘ldi.
Mamlakat poytaxti Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi soat 06:05 da o‘qiladi.
Qolgan viloyatlardagi namoz vaqtlari quyosh chiqishiga qarab bir necha daqiqaga farq qilishi mumkin.