Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitni nishonlash haqida qaror imzoladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMusulmane v den prazdnika jertvoprinosheniya Kurban-Bayram
Musulmane v den prazdnika jertvoprinosheniya Kurban-Bayram - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-sentabr qo‘shaloq bayram bo‘ladi: ushbu yil Qurbon hayitining birinchi kuni ham - 1-sentabr juma kuniga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitini nishonlash haqida 3241-sonli qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Qarorda 2017-yil Qurbon bayram 1-sentabrga to‘g‘ri kelishi qayd etilgan va uni 1-sentabrda keng nishonlash qayd etilgan.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1-sentabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017-yil 1-sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin”, — deyilgan prezident qarorida.

Bayramni munosib kutib olish uchun “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari joylarda tadbirlar amalga oshirish topshirilgan.

Undan tashqari, ommaviy axborot vositalarida ham Qurbon bayramiga taaluqli tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.

Yangiliklar lentasi
0