Tojikiston ayollarga chet elliklarga turmushga chiqishni man qilgan edi, BMT bunga qarshi chiqdi

© Sayt prezidenta RTTojikiston ayollari
Tojikiston ayollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilot FHDOda nikohni qayd etmasdan, faqatgina islom urf-odatlariga ko‘ra turmush qurish amaliyotini qoraladi. BMT ta’kidiga ko‘ra, bu singari an’analar oila buziladigan taqdirda ayollarni ko‘plab iqtisodiy huquqlardan mahrum qilishi mumkin

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Irqiy diskriminatsiya masalalari bo‘yicha qo‘mita a’zolari Tojikiston hukumatini Oila kodeksiga kiritilgan tuzatishni bekor qilishga chaqirishmoqda, deb xabar qilmoqda BMT yangiliklar markazi. Tuzatishga ko‘ra, chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar, shu jumladan migrantlarga tojikistonlik ayollar bilan nikohdan o‘tish cheklangan.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bu kabi cheklovlar inson ega bo‘lgan asosiy huqular, shu jumladan o‘ziga juft tanlash huquqining o‘ta qo‘pol tarzda buzilishidan dalolat beradi.

Shkolnisi Tadjikistana v atlase - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston maktab o‘quvchilar kiyinish talablari: qizlarga hijob, kalta yubkalar mumkin emas
"Qo‘mita ushbu tuzatishlar Tojikiston tomon ta’kidlagani kabi, tojik ayollarini odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan himoyalashga xizmat qilishini inobatga oladi. Shu bilan birga qo‘mita, himoya choralari hech qachon asosiy huquq va erkinliklar, shu jumladan oila qurish va juft tanlash huquqi buzilishlariga olib kelmasligi kerakligini ta’kidlaydi", — deyilgan xabarda.

Tojikiston prezidenti respublika ayollarini Onalar kuni bilan tabriklar ekan, tojik ayollarini bebaho xazinaga qiyoslagan edi. Emomali Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston hukumati ayollar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga kuchli e’tibor bilan qaraydi.

"Bizning ayollarimiz davlat ishlarida faol, ular erkaklar bilan teng qatorda jamiyatimiz va davlatimiz rivoji uchun kurashmoqda", — deya ta’kidladi, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston.

Yangiliklar lentasi
0