TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Qobul shahrida AQSh elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda.
Afg‘oniston IIV ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 3 kishi jarohatlangan.
Afg‘oniston IIV vakili Najib Danishning aytishicha, portlash Kabul Bank bank bo‘limiga kirish qismida, AQSh diplomatik missiyasi joylashgan joyda sodir bo‘lgan.
Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Vaxid Majrux RIA Novostiga halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlarni tasdiqlagan va jarohatlanganlar sakkiz kishini tashkil etganligini qo‘shimcha tarzida ma’lum qilgan. Shuningdek, AQSh elchixonasi xodimlariga portlash ta’sir qilganligi haqida ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan.