Afg‘onistonda hudkush terrorchi 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

© AFP 2023 / SHAH MARAIAfganskie politseyskie v Kabule.
Afganskie politseyskie v Kabule. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston Gilmend provinsiyasida harbiy bo‘linmasiga hujum paytida “Tolibon” terrorchilik uyushmasiga tegishli bo‘lgan avtomashinada hudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Hushkush terrorchi o‘zini portlatib yuborish oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va 19 kishi jarohatlandi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo News xabariga asosan.

Afg‘oniston - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida ikki nafar "narkobaron" yo‘q qilindi

Sal oldin Gilmend viloyatida hukumat harbiy bo‘linmasiga uyushtirilgan hujum paytida "Tolibon" terrorchilik uyushmasiga tegishli bo‘lgan avtomashina portlatib yuborganligi haqida xabar berilgan edi.

Hukumat vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan kishilar orasida harbiylar va mahalliy aholi ham bor. Shuningdek, kamida 10 kishi halok bo‘lganligi va sakkiz kishi jarohatlanganligi haqida ma’lumot berilgan edi.

Frans Press agentligi ma’lum qilishicha, hushkush "Tolibon" terrorchilik uyushmasi jangari bo‘lgan.

Afg‘onistonda oxirgi oylarda bir necha yirik terrorchilik aktlari bo‘lib o‘tdi. Ularning aksariyati poytaxt Qobulda yoki janubiy viloyatlarda yuz bermoqda. 

Yangiliklar lentasi
0