Qirg‘iziston hududi orqali Toshkent-Olmaota gaz quvur ishga tushdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovStroitelstvo magistralnogo gazoprovoda "Buxarskiy gazonosniy rayon — Tashkent — Bishkek — Almati"
Stroitelstvo magistralnogo gazoprovoda Buxarskiy gazonosniy rayon — Tashkent — Bishkek — Almati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gaz quvuri qozoq-qirg‘iz chegarasidan "Sokuluk" stansiyasigacha keltirilgan. Gaz quvuri yiliga 1,7 mlrd kuba metr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov va "Gazprom" rahbari Aleksey Miller Buxoro gazli tumani — Toshkent — Bishkek — Olma-Ota I va II magistral gaz quvurini ishga tushirish jarayonida ishtirok etdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Schetchik gaza - Sputnik O‘zbekiston
Gaz va elektr energiya nazorat tizimi Yevropa kompaniyalari tomonidan avtomatlashtiriladi

"Gazprom Qirg‘iziston" kompaniyasi matbuot-xizmati ma’lumotiga ko‘ra, gaz quvuri nafaqat Qirg‘iziston shimoliy qismini balki Qozog‘istonning Olma-Ota va Taldi-Kurgan viloyatlarini gaz bilan ta’minlaydi.

Ushbu gaz quvur 40-yil avval barpo etilgan. Lekin Qirg‘iziston hududi orqali o‘tgan qismida biron marta ham ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan.

Gaz quvurning 111 km qismida ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Gaz quvuri qozoq-qirg‘iz chegarasidan "Sokuluk" stansiyasigacha tushirildi. Gaz quvuri yiliga 1,7 mlrd kub metr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.

"Gazprom" rahbari Millerning so‘zlariga ko‘ra, ta’mirdan chiqqan gaz quvurining o‘tkazuvchanlik quvvati ikki baravarga ortgan.

Gaz quvuri ochilishining birinchi kunida "Ola-Too" turar massivida istiqomat qiluvchi 6 mingdan ortiq kishi tabiiy gaz bilan ta’minlangan.

Yangiliklar lentasi
0