O‘zbekistonda ingichka tolali paxta uchun maxsus zavod quriladi

© Saurer SchlafhorstKolsepradilnaya mashina nemeskoy firmi Saurer Schlafhorst
Kolsepradilnaya mashina nemeskoy firmi Saurer Schlafhorst - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida bir vaqtning o‘zida ingichka tolali va o‘rtacha tolali paxta xom ashyosini qayta ishlay oladigan zavod barpo etiladi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasidagi manbaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, bu yil Surxondaryo viloyatining beshta tumanida urug‘i Turkmanistondan keltirilgan maxsus ingichka tolali paxta yetishtirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Paxta xom ashyosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2020-yilda o‘z paxtasini to‘liq qayta ishlaydi

"Sherobod tumanida quriladigan zavodning o‘ziga xosligi shundaki, bu yerda bir vaqtning o‘zida mahalliy o‘rtacha tolali va Turkmanistondan keltirilgan ingichka tolali paxta xom ashyosi qayta ishlanadi. Loyiha uchun mazkur hudud bejizga tanlanmadi. Bunday turdagi paxta uchun alohida sharoitlar talab qilinadi. U uzoq vaqt davomida yetiladi va hosildorligi o‘rtacha tolali paxtaga nisbatan kamroq. Lekin uning tolalari uzun, mustahkam va ingichkaroq bo‘lib, ulardan yuqori sifatli matolar, masalan, narxi qimmat bo‘lgan batist va markizet tayyorlanadi", — dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikada 98 ta paxta zavodi ishlamoqda. Birgina joriy yilning o‘zida hukumat bu zavodlarning o‘n ikkitasini modernizatsiya va texnologik qayta jihozlash uchun 17,1 million dollar yo‘naltiradi.

Yangiliklar lentasi
0